Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
16 avgust, yakshanba kuni Yerda magnit bo‘roni kuzatiladi
16 avgust, yakshanba kuni Quyosh faolligi ortishi Yer geomagnit maydonining g‘alayonlanishiga olib keladi. Bu haqda Rossiyaning “Amaliy Geofizika instituti” geliogeofizik xizmati ma'lum qildi.
Institut bergan ma'lumotlarga ko‘ra, 15 avgust sayyoramizning geomagnit maydonida alohida beqarorlik davrlari kuzatildi, biroq umuman olganda hammasi me'yorida ketdi. Biroq 16 avgust kuni sayyoramiz aholisini magnit bo‘roni kutmoqda.
Magnit bo‘roni Toshkent vaqti bilan 13 dan 17 gacha avj olishi taxmin qilinmoqda. Magnit bo‘roni kechga yaqin o‘z kuchini yo‘qotadi, biroq 17 avgust yarimtunida yana kuchayadi.
Keyingi hafta boshi kuchsiz magnit bo‘roni bilan boshlanishi prognoz qilinmoqda.
Joriy yilning 22 iyunida Yerda kuchli magnit bo‘roni kuzatilgan edi. Bundan avval bizning sayyoramiz tomon Quyoshda kuchli koronal otilish yuz bergan.