Sport | 17:51 / 15.08.2015
2368
2 daqiqa o‘qiladi

Aduris 2005 yildan buyon “Barselona”ga xet-trik urgan birinchi futbolchi bo‘ldi

“Atletik” jamoasi hujumchisi Arits Aduris Ispaniya Superkubogining birinchi uchrashuvida “Barselona” darvozasiga 3ta gol urdi. O‘yin “Atletik” foydasiga 4:0 hisobi bilan yakunlandi.
34 yoshli futbolchi o‘yinning 53 va 62-daqiqalarida raqib darvozasini ishg‘ol qildi, shuningdek, 68-daqiqada penaltidan unumli foydalandi.
Shu tariqa, Aduris 2005 yildan buyon “Barselona”ga xet-trik urgan birinchi futbolchi bo‘ldi. O‘shanda “Vilyarreal” hujumchisi Diyego Forlan “Barsa” darvozasiga 3ta to‘p yo‘llagan edi.
Bundan tashqari, “Barselona” 2001 yildan buyon birinchi marta ketma-ket ikkita uchrashuvda 4ta to‘p o‘tkazib yubordi. Bir necha kun muqaddam jamoa Yevropa Superkubogida “Sevilya” bilan 5:4 hisobida o‘ynadi. 2001 yilda esa kataloniyalik “Vilyarreal” va “Saragosa”ga qarshi kechgan bahslarda ketma-ket ikki marta 4dan gol o‘tkazib yuborgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish