Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arits Aduris: “Kamp Nou”da 4 to‘p ustunlik – uncha ham katta ustunlik emas
Bilbaoning “Atletik” jamoasi hujumchisi Arits Aduris Ispaniya Superkubogida “Barselona”ga qarshi birinchi uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uchrashuv “Atletik”ning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
“Biz “Barselona”ga 4 ta to‘p urish qanchalik qiyinligini bilamiz. Hamma top-klub ham buning uddasidan chiqa olmaydi.
“Kamp Nou”da 4 ta to‘p ustunlik qilish uncha ham katta ustunlik emas”, deb aytdi Aduris.
Aduris uchrashuvning bosh qahramoniga aylanib, “Barsa” jamoasiga 3 ta javobsiz to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Javob uchrashuvi 17 avgustda “Kam Nou”da bo‘lib o‘tadi.