Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Blatter: FIFAdagi saylovlar arafasida Platini akamga bosim o‘tkazdi
UYeFA rahbari Mishel Platini FIFA prezidentligiga 29 may kuni Tsyurixda o‘tkazilgan saylovlar arafasida Yozef Blatterning 80 yoshli akasi Peterga bosim o‘tkazgan. Bu haqda 79 yoshli Blatter Gollandiyaning de Volkskrant nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.
“Platini akamga shunday debdi: Yozefga ayt, u saylovgacha iste'fo berishi kerak, yoki qamoqqa o‘tiradi”, – uning so‘zlarini keltiradi nashr.
Platinining yaqinlaridan biri ushbu axborotni inkor qildi.
“Bu dunyoni FIFAning asl muammolaridan chalg‘itishga qaratilgan navbatdagi yolg‘ondir, – ma'lum qildi u. – UYeFA prezidenti bunday kulguli ayblovlarga javob berib o‘tirmaydi. U hozirlikda uni qo‘llab-quvvatlayotgan milliy federatsiyalar bilan hamkorlikda FIFAning imiji va obro‘ini tiklaydigan dasturni tayyorlash bilan band”.
FIFA tarixidagi eng yirik korruptsion janjal shu yilning 27 may kuni boshlandi. AQSh sudining qaroriga ko‘ra tashkilotning amaldagi va sobiq mansabdorlari so‘roq qilindi yoki hibsga olindi. Prezident Blatter, navbatdagi saylovlarda g‘alaba qozongan bo‘lishiga qaramay, iste'fo berishga majbur bo‘ldi.