O‘zbekiston | 17:11 / 15.08.2015
4425
1 daqiqa o‘qiladi

Bu yil 5200 o‘zbekistonlik hajga boradi

2015 yilda haj safariga O‘zbekistondan 5200 kishi boradi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati ma'lumot berdi.

Bu boradagi savol bilan “Darakchi” nashriga Urgut shahrida istiqomat qiluvchi A. Mamatqulov murojaat qildi. Uning savoliga javob nashrning navbatdagi sonida e'lon qilindi.
“Bu yilning sentabr-oktabr oylarida 5 200 nafar yurtdoshimizngi haj ziyoratiga borib kelishi ko‘zda tutilgan”, – deyiladi materialda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish