Jamiyat | 16:36 / 15.08.2015
2366
2 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy tadbir davomida shifoxonada navbat kutib, ketib qolgan chiroqchilik nuroniy qaytadan ko‘rikdan o‘tkazildi

Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 2 fevraldagi 45-sonli buyrug‘i asosida butun O‘zbekiston bo‘ylab 16-21 fevral kunlari o‘tkazilgan “Hech kim mehr va e'tibordan chetda qolmasin” shiori ostida o‘tkazilgan ijtimoiy aksiya doirasida shifokor ko‘rigidan o‘tmay qolgan chiroqchilik nuroniy qaytadan tekshiruvdan o‘tkazildi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirligi davolash profilaktika yordamini tashkillashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i D. Mirazimov ma'lumot berdi.

Tadbir doirasida respublikaning turli chekkalariga toshkentlik malakali shifokorlar tashrif buyurib, “Keksalarni e'zozlash yili” davlat dasturi doirasida urush va mehnat faxriylari hamda barcha keksa insonlarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, tashxis qo‘ygan va boshqa turdagi yordamlarni ko‘rsatgan. Jumladan, Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida 478 nafar fuqaro mana shunday ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Nuroniy Elmirza Umarov 19 fevral kuni oftalmolog ko‘rigiga kelib, navbatning ko‘pligi tufayli ketib qolgan. So‘ng unga xizmat ko‘rsatilmaganligidan nolib “Darakchi” gazetasiga murojaat qilgan.

Murojaat o‘rganilib, tegishli tashkilotga yetkazilishi natijasida 16 iyun kuni Umarov Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish