Jahon | 11:12 / 15.08.2015
2647
1 daqiqa o‘qiladi

Kamerun “Boko harom” bilan kurashish uchun 2450 ming askar yuboradi

Kamerun hukumati mamlakatning 2450 nafar askarini “Boko harom” radikal guruhi bilan kurashish uchun Afrika davlatlarining Aralashgan ko‘p millatli kuchlariga (FOMAC) yuboradi. Bu haqda Kamerun Mudofaa vazirligi bergan bayonotda aytilmoqda.    

Bayonotda qayd etilishicha, askarlar Kamerun prezidenti Pol Biyyaning qarori bilan nigeriyalik gerenal Iliya Abboh tomonidan boshqarilayotgan Aralashgan ko‘p millatli kuchlarga yuboriladi.

Bundan tashqari, Kamerun yetakchisining farmoni bilan Aralashgan ko‘p millatli kuchlar qo‘mondoni o‘rinbosari etib brigada generali Valere Nka tayinlandi. Kamerunning yana bir yuqori lavozimli harbiysi –  Buba Dobekreo ko‘p millatli qo‘shinlarning mamlakatning shimolida Nigeraiya bilan chegarada joylashgan Mora tumanidagi o‘ng sektoriga boshliq qilib tayinlandi. Ikkala harbiy ham “Boka harom” bilan kurashishda katta tajribaga ega.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish