Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mourinyu: O‘yinchi natijadan, hakam va murabbiydan muhimroq
“Chelsi” bosh murabbiyi Joze Mourinyu jamoa shifokori Yeva Karneyro bilan APLning 1-turi doiraisda “Suonsi”ga qarshi kechgan bahsda sodir bo‘lgan ko‘ngilsizlikdan so‘ng tibbiy personal ishiga o‘z munosabatini bildirdi.
“Juma kuni tibbiy shtab bilan uchrashuv o‘tkazdim. Men ularga uch marta takroran aytdim: o‘yinchida muammo borligini aniqlash qiyin emas. O‘yinchi natijadan muhimroqdir”, – dedi u matbuot anjumanida.
“O‘yinchi murabbiydan va hatto hakamdan ham muhimroqdir, – so‘zida davom etdi mutaxassis. – Agar hakam sizga maydonga tushishga ruxsat bermasa ham, siz baribir borishingiz kerak. Siz majbursiz. Hakam yoki murabbiyning bunga munosabati muhim emas. Agar kerakligingizni bilsangiz, hech narsani o‘ylamay maydonga chiqavering”.