07:01 / 15.08.2015
2944

NATOning yetti a'zosi mudofaaga xarajatlarni qisqartirmoqchi

NATO mudofaaga xarajatlarni qisqartirmaslikni qat'iyan talab qilishiga qaramasdan, tashkilotning yettita a'zosi – Belgiya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Vengriya va Kanada ushbu xarajatlarni qisqartirmoqchi, deb xabar bermoqda Bryusseldagi diplomatik manbata iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Qayd etilishicha, NATO alyansga a'zo davlatlardan mudofaaga xarajatlarni YaIMdan 2 foiz darajasida ushlab turishni talab qiladi.

Manbaning aytishicha, Latviya, Litva, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha va Ruminiya NATO oldida qurolli kuchlarni moliyalashtirishga ajratiladigan davlat mablag‘lari hajmini oshirish majburiyatini olgan. Fransiya alyans talab qilayotgan miqdordan sal kamroq miqdorda mablag‘ ajratadi.

Avvalroq NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg alyansga a'zo davlatlarning alyansga sarflaydigan xarajatlari 1,5 foizga kamayishi kutilayotganini ma'lum qilgandi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ta'kidlashicha, NATOning jami xarajatlari Rossiyaning harbiy xarajatlaridan 10 marta ko‘proqni tashkil qiladi.

Top