Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:37 / 15.08.2015
1913
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: Braziliyada bir kecha davomida bir qator otishmalarda 20 kishi halok bo‘ldi
Braziliyaning San-Paulu shtatidagi Ozasku va Barueri shaharlarida bir qator otishma bilan kechgan voqealarda kamida 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy OAVlar xabar berdi.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, 13 avgustda Ozasku shahridagi barlardan birida noma'lumlar tomonidan uyushtirilgan otishma oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi. Keyinroq qo‘shni Barueri shahrida yana uchta otishma bilan kechgan voqea yuz berdi.
Politsiya taxminiga ko‘ra, ushbu hodisalar bir-biri bilan bog‘langan. Politsiya bosqinchilarni qidirmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish