Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 23:33 / 15.08.2015
2847
1 daqiqa o‘qiladi
Obama dam olishda Bill Klinton bilan golf o‘ynadi
AQSh prezidenti Barak Obama AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton bilan golf o‘ynadi, deb xabar bermoqda The Hill nashri.
Qayd etilishicha, AQShning amaldagi va sobiq prezidentlari Obama har yilgi ta'tilini o‘tkazadigan Massachusets shtatidagi golf-klublardan birida uchrashdilar.
Avvalroq Obama o‘z ta'tilini oilasi bilan Martas-Vin'yard kurotida o‘tkazayotgani ma'lum qilingandi. Obama dam olish paytida hech qanday ommaviy tadbirlar rejalashtirilmagan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish