03:35 / 15.08.2015
2749

Obama Jastin Timberleyk, Beyonse va Bob Marlini tinglashni xush ko‘rishi ma'lum bo‘ldi

AQSh prezidenti Barak Obama internet foydalanuvchilar bilan kunning kunduzgi va kechki qismida eshitishni xush ko‘radigan qo‘shiqlari bilan o‘rtoqlashdi. Obama kunduzgi va kechki payt uchun turli qo‘shiqlardan tuzilgan ikkita pleylistni yaratib, ularni Spotify musiqa saytida joylashtirdi. Obama umumiy hisobda 40 ta qo‘shiq – har bir pleylist uchun 20 ta dan qo‘shiq tanlab oldi.  

Obama muayyan bir musiqa yo‘nalishiga ustunlik bermasligi ma'lum bo‘ldi. U tuzgan pleylistda xip-xop musiqachilarning qo‘shiqlari bilan birga jaz va R&B yo‘nalishidagi qo‘shiqlarni ham uchratish mumkin. Biroq Obama kunduzi jo‘shqin va turli yo‘nalishlardagi musiqani tinglashni xush ko‘rsa, kechasi asosan jaz va soul yo‘nalishidagi musiqalarni tinglashni xush ko‘rar ekan.

AQSh prezidenti kunduzi Jastin Timberleyk (Pusher Love Girl), Bob Marli (So Much Trouble in the World) va Roling Stouns (Gimme Shelter)ni eshitsa, kechasi Beyonse (Superpower),  Jon Koltreyn (My Favorite Things) va Frenk Sinatraning (The Best is Yet to Come) qo‘shiqlari ostida uyquga ketishni ma'qul ko‘rar ekan.

Oq uy vakillarining Spotify musiqa saytida akkaunt ochishlari hukumat vakillarining ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatlaridagi yangi qadam bo‘ldi. Obama va Oq uy rasmiy vakillari tvitter va feysbuk orqali turli e'lonlar qilib turadilar.

Top