Jahon | 20:00 / 15.08.2015
8297
2 daqiqa o‘qiladi

Odessada Saakashvili va Obamaning haqoratomuz haykali paydo bo‘ldi

Odessada Mixail Saakashvili va Barak Obamaning antiqa haykali paydo bo‘ldi. “Odessa - za porto-franko” jamoatchilik harakatining a'zolari Vorontsov kolonnadasi yonida Odessa viloyati gubernatori va AQSh prezidentining haqoratomuz haykalini o‘rnatdilar.  

Haykal postamentida “Sabakashvili” deb yozilib, unga galstugini chaynab turgan Mixail Saakashvilini tizginlab olgan tirjayib turgan Barak Obamaning haykali o‘rnatildi.

“Saakashvili tentakroq shaxs, buning ustiga amerikaliklar tomonidan tizginlab olingan. Bu haykal ana shularni o‘zida namoyon etadi. Ishonamanki, biz uni iste'foga chiqarish yo‘lini topamiz. U o‘zining repressiyalari bilan hech narsaga erisha olmaydi”, deb aytdi harakat yetakchisi Aleksey Tsvetkov.

Haykalni ko‘rib qolgan pensioner ayol politsiyachilarni chaqirtirdi. Politsiyachilar haykalni zudlik bilan olib tashlashdi.  

“Odessa - za porto-franko” faollari Mixail Saakashvilining Odessa gubernatori lavozimidan ketishini va viloyat ma'muriyati raisi saylov orqali tayinlanishini yoqlab chiqishadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish