18:03 / 15.08.2015
2860

Pedro van Galning Valdes va De Xeaga munosabati tufayli MYuga o‘tmasligi mumkin

“Barselona” hujumchisi Pedro Rodriges “Manchester Yunayted” jamoasiga o‘tishga hali roziligini bergani yo‘q. Aytilishicha, u jamoa bosh murabbiyi Lui van Galning ishga munosabatidan shubhalanib turibdi.

28 yoshli futbolchi “Old Trafford”ga o‘tishdan bosh tortishi mumkin, negaki van Galning ispaniyalik darvozabonlar Viktor Valdes va David De Xeaga munosabati unda ayrim shubahalar tug‘dirmoqda.

Valdesning yaqin do‘sti bo‘lgan Pedro bir qarorga kelish uchun vaqt so‘ramoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum Valdes “Manchester Yunayted” tarkibida mashg‘ulotlar o‘tay boshlagan, ammo van Gal bilan kelisholmay, jamoani tark etgan edi. De Xea esa “Real”ga o‘tishi mumkinligi bois asosiy tarkibda tushirilmayapti.

Top