Jamiyat | 09:23 / 15.08.2015
3258
1 daqiqa o‘qiladi

Pensilvaniyada qashshoqlar uyidan 122 ta mushuk qutqarib olindi

AQShning Pensilvaniya shtatidagi qashshoqlar uyidan hayvonlarni nazorat qiluvchi mutaxassislar 122 ta mushukni evakuatsiya qildilar, deb yozmoqda New York Post nashri.

Mushuklar nochor ahvolda, jarohatlar va burgalarga talangan holda topilgan. Ular yashagan xonalar juda iflos bo‘lgan.

Uy egalarining aytishicha, ular hayvonlar uchun boshpana ochishmoqchi bo‘lishgan, biroq mushuklar orasidagi ko‘payishni eplay olishmagan.

Mushuk egalari mushuklar Shimoliy Filadelfiyaga davolash uchun yuborilishiga va u yerdan yangi egalari berilishiga e'tiroz bildirmadilar.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish