Jahon | 16:53 / 15.08.2015
6190
1 daqiqa o‘qiladi

Telegraph: Usoma bin Ladenning o‘g‘li Londonga hujum qilishga da'vat etdi

Al-Qoida guruhi Twitter’ga o‘zini Usoma bin Ladenning o‘g‘li deb tanishtirgan shaxsning audiomurojaatini joylashtirdi, deb xabar beradi The Telegraph.
Murojaatda musulmonlar AQSh va uning ittifoqchilariga qarshi “muqaddas urush”ga chaqirilib, hujum qilish uchun asosiy mo‘ljallar sifatida London, Vashington, Parij va Tel-Aviv shaharlari ko‘rsatilgan.
Taxmin qilinishicha, Hamza bin Laden hozir 23-24 yoshlarda. Ilgari u terrorchilar nomidan chiqish qilmagan edi.
Usoma bin Laden 2011 yili AQSh maxsus xizmatlarining maxsus operatsiyalari chog‘ida o‘ldirilgan edi. U bilan birga Hamza ham o‘ldirilgani taxmin qilinayotgan edi, lekin yaqinda halok bo‘lgan uning boshqa o‘g‘li Xolid ekanligi, Hamza esa qochib ketishga ulgurgani aniqlandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish