22:31 / 15.08.2015
2706

Tyantszindagi portlash qurbonlari soni 104 kishiga yetdi

Xitoyning Tyantszin shahridagi omborxonadagi portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 104 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda “Sinxua” agentligi.  

Avvalroq Xitoy hukumati ijtimoiy muassasalar binolarida vaqtinchalik joylashtirilgan, portlash joyiga yondosh hududlar aholisini shamol yo‘nalishi o‘zgarishi oqibatida havoning ifloslanishi yuzaga kelishi sababli evakuatsiya qilinishlari zarurligi haqida orgohlantirgan. Omborxonada portlagan kimyoviy moddalar tarkibi va miqdori noma'lumligicha qolmoqda.   

Top