Sport | 08:48 / 15.08.2015
3151
1 daqiqa o‘qiladi

“Chelsi” shifokori Yeva Karneyro Mourinoning tanqididan keyin jamoa bazasiga kelmadi

Chelsi” shifokori Yeva Karneyro 8 avgustda “Chelsi” va “Suonsi” o‘rtasidagi Angliya chempionatining ilk uchrashuvida londonliklar bosh murabbiyi Joze Mourino tomonidan o‘z harakatlari uchun tanqid qilingandan beri jamoa bazasiga kelmadi.

The Telegraph nashrining ma'lumotlariga ko‘ra, ko‘rinishicha, 35 yoshli Karneyro “Chelsi”da o‘z vazifalarini bajarishda davom etishni istamayapti va o‘z hamkasbi, fizioterapevt Jon Firndan farqli o‘laroq, jamoani tark etishi mumkin.

Firn futbolchilarni 2-turdagi “Manchester Siti”ga qarshi uchrashuvga tayyorlamoqda va 3-turdan zaxira o‘rindig‘iga qaytadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish