17:45 / 16.08.2015
3037

AQShda irqiy kamchiliklar himoyachisi Julian Bond vafot etdi

AQSh Rangli aholi taraqqiyotiga ko‘mak berish milliy assotsiatsiyasi (NAACP) raisi va mashhur inson huquqlari kurashchisi Julian Bond vafot etdi. Bu haqda The New York Times nashri yozdi.

Bond Florida shtatida joylashgan Fort-Uolton-Bich shahrida 75 yoshida vafot etdi.
Julian Bond Morxaus kolleji talabasi bo‘lgan paytlarida zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha Talabalar muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasi asoschilaridan biri bo‘ldi. Butun umri davomida u irqiy kamsitishga qarshi kurashib keldi. Bond ayni paytda shoir, TV-sharhlovchi, pedagog sifatida faoliyat olib borgan.

Bond, shuningdek, Kambag‘allarni huquqiy himoya qilish janubiy markazi tashkilotining birinchi prezidenti edi.

Top