Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyadagi suv attraksionida 50 kishi jabrlandi
Belgiyaning Antverpen shahri markazida o‘rnatilgan yangi suv attraksionining ishga tushirilishi dam oluvchilarning ommaviy ravishda jarohat olishi bilan yakunlandi.
Mahalliy OAVlarning ma'lum qilishicha, 300 metrlik sirpanchiq ko‘rinishidagi attraksion kerakli xavfsiz sirpanishni ta'minlay olmagan va attraksion o‘rtasida tormozlanish yuzaga kelgan. Oqibatda odamlar tushish oldidan to‘xtab qolgan odamlar bilan to‘qnashib ketgan. Nima bo‘layotganini anglamagan odamlar attraksionni tark etish o‘rniga attraksion bo‘ylab pastga tushishga harakat qilishgan va bu vaziyatni yanada murakkablashtirgan. Oqibatda 50 kishi jarohat oldi. Ulardan yarmidan ko‘pini bolalar tashkil qilmoqda.
Jabrlanganlardan 30 nafari mahalliy shifoxonaga yetkazilgan. Attraktsion yopib qo‘yildi. Uning egalarini jarima kutmoqda.