Chevrolet Corvette muzeyi tomoshabinlari diqqatini halokatga uchragan avtomobillar tortmoqda
Afsonaviy Chevrolet Corvette avtomobiliga bag‘ishlangan milliy muzey ekspozitsiyasiga o‘tgan yili yer o‘pirilish natijasida yuzaga kelgan chuqurlikka tushib ketgan mashinalarning qaytarilishi bilan muzeyda tomoshabinlar miqdori ko‘paya boshladi.
2014 yilning iyunida yer o‘pirilish natijasida muzeyning markaziy zalida ulkan chuqurlik hosil bo‘ldi. Muzey eksponatlari bo‘lgan mashinalar u yerga tushib ketib, jiddiy zarar ko‘rdi. Muzey ma'muriyati jarlikni yopmay, eksponat sifatida saqlab qolishga qaror qildi. Uning ichiga tushib ketgan mashinalarni esa pachoq bo‘lgan ahvolida ekspozitsiyaga qaytarishga qaror qilindi.
Loyga botgan, pachoq bo‘lib ketgan bir qancha Corvette’lar yana o‘z postamentlariga qaytdi, deb xabar beradi Fox News.
Shu voqeadan so‘ng muzeyga tashrfi buyuruvchilar soni yana ko‘paydi, uning Facebook’dagi sahifasida esa obunachilar soni 4 barobarga oshdi. Bundan tashqari, iyul oyida muzey qoshidagi do‘kon chuqurlikdan olib chiqilgan loy solingan 2.4 ming idishni 10 dollardan sotishga erishdi.
Ekspozitsiyada, shuningdek, o‘pirilish qayd qilingan videorolik namoyish qilinadi. YouTube’da ushbu rolik 8.5 mln marta tomosha qilindi.