Jahon | 06:53 / 16.08.2015
2257
1 daqiqa o‘qiladi

Ekvadorda vulqon otilishi tufayli favqulodda vaziyat tartibi e'lon qilindi

Ekvador prezidenti Rafael Korrea Kotopaxi vulqonining yuqori darajada faollashuvi tufayli 15 avgustda mamlakatda favqulodda vaziyat tartibini e'lon  qildi.

13 avgustda vulqonning oxirgi otilishi kuzatilgan edi.

“Ekvador poytaxti Kitodan janubga tomon 70 km uzoqlikda joylashgan Kotopaxi vulqonining ikkita otilishi yaqin oradagi shaharlar aholisining mamlakat markaziga evakuatsiya qilinishiga olib keldi”, deb aytdi Korrea.

Ekvadorda favqulodda vaziyatning kiritilishi prezidentga fojia oqibatlarini bartaraf etish uchun butun mamlakat bo‘ylab xavfsizlik kuchlarini jalb qilish huquqini beradi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish