Jahon | 16:45 / 16.08.2015
2530
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada 6 nafar xorijlik g‘avvos g‘oyib bo‘ldi

Indoneziyaning Kalimantan viloyati qirg‘oqlarida ishlayotgan 5 nafar Italiya va 1 nafar Belgiya fuqarolari dom-daraksiz g‘oyib bo‘lishdi. Bu haqda tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf qilish boshqarmasi rahbari Vaxyu Vidi Eranata bayonot berdi.

“Ularning yo‘qolib qolgani haqida shanba kuni kechasi rasman bayonot berildi, hozir Sangalaki oroli yaqinida qutqaruv operatsiyasi boshlanmoqda”, – uning so‘zlarini keltiradi Jakarta Post nashri.

Hozirgacha faqatgina ularga hamrohlik qilgan mahalliy aholi vakilini topishga erishildi. Ta'kidlanishicha, u og‘ir ahvolda bo‘lgani bois ko‘rsatma bera olmaydi.
Suv ostiga sho‘ng‘ib, so‘ng qaytib chiqmagan italiyaliklarning 2 nafari ayollar va 3 nafari erkaklardir. Ularning bari 29-36 yosh orasida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish