Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyadagi aviahalokatda 50dan ortiq odam qurbon bo‘ldi
Indoneziyaning Trigana Air Service aviakompaniyasiga tegishli ATR yo‘lovchi samolyoti Papua viloyatidagi tog‘larda halokatga uchradi. Aviakompaniya xodimining RIA Novosti muxbiriga xabar qilishicha, samolyot bortida bo‘lgan barcha yo‘lovchilar halok bo‘lgan.
Viloyat markazi Jayapuradan Oksibil shahri aeroportiga reysni amalga oshirayotgan samolyot bortida 49 yo‘lovchi va 5 kishilik ekipaj bo‘lgan.
4 kun muqaddam shu viloyatning o‘zida sodir bo‘lgan aviahalokatda 1 kishi qurbon bo‘lib, 6 kishi jarohat olgan edi. OAVda ta'kidlanishicha, Indoneziyaning sharqidagi viloyatlarda aviasoha infrastrukturasi yaxshi rivojlanmagan, shu bois bunday halokatlar tez-tez sodir bo‘lib turadi.