Jamiyat | 17:07 / 16.08.2015
2821
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq bosh vaziri: ar-Ramadidan qochgan komandirlarni sud kutmoqda

Iroq bosh vaziri Haydar al-Abadiy ar-Ramadi shahri uchun IShID jangarilariga qarshi kechayotgan jang chog‘ida buyruqsiz maydonni tark etgan komandirlarni harbiy tribunalga topshirish to‘g‘risida buyruq chiqardi.

Bu boradagi farmon bosh vazirning rasmiy saytida e'lon qilindi. Shu tariqa, al-Abadiy tergovchilar kengashining tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
May oyida shaharning IShID qo‘liga o‘tishi hukumat kuchlarining joriy yildagi eng katta yo‘qotishi bo‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish