09:10 / 16.08.2015
2028

Iroqda sodir etilgan terakt qurbonlari soni 22 kishiga yetdi

Bag‘dod shahrida shanba kuni sodir etilgan terakt qurbonlarining soni 22 kishiga yetdi. Ulardan 13 nafari Sadr tumanidagi minilgan mashinalar bozorida halok bo‘lgan. Associated Press agentligining ma'lum qilishicha, yana 50 kishi jarohatlangan.
Taxmin qilinishicha, Habibiya avtobozori jangarilarning asosiy nishoni bo‘lgan.
Hozircha hech qaysi estremistik tashkilot ushbu terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.
Bag‘doddagi terakt hafta mobaynida mamlakat bo‘ylab sodir etilgan qo‘poruvchilik harakatlarining oxirgisi bo‘ldi. Payshanba kuni sodir etilgan portlashlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga IShID oldi.

Top