Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Luis Enrike: «O‘tgan mavsumda 18 ta o‘yinda biz 3 tadan ko‘proq to‘p urganmiz”
“Barselona” bosh murabbiyi Luis Enrike Ispaniya Superkubogida Bilbaoning “Atletik” klubiga qarshi dastlabki uchrashuvda jamoaning 4:0 hisobidagi mag‘lubiyatidan so‘ng uning g‘alabaga imkoniyatlari haqida o‘z fikrini bildirdi.
“Biz bu jiddiy chaqiriq ekanligini bilamiz, biroq jamoa bu mushkul ishni eplay oladi. Agar hammasini to‘g‘ri qilsak, hammasi bizning qo‘limizda bo‘ladi va biz bellashuv natijasini o‘z foydamizga hal qilishimiz mumkin bo‘ladi.
Agar statistikaga qaraydigan bo‘lsak, o‘tgan mavsumda 18 ta o‘yinda biz har bir uchrashuvda kamida 4 tadan gol urganmiz. Gohida raqiblar ham bizga urishgan, biroq bu raqamlar bizning barcha narsalarga qodirligimizni bildiradi. O‘yinchilarimning o‘zlariga ishonchlari baland. Biroq juda, juda yaxshi o‘ynashimiz va hammasini to‘g‘ri qilishimiz lozimligini bilamiz”, deb aytdi Enrike.