Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marsga yuboriladigan fazogirlar ortlariga qaytib kela olmasliklari aytilmoqda
2026 yilda Marsga yuboriladigan birinchi koinot ekspeditsiyasining ishtirokchilari sayyoramizga qaytib kelolmaydilar. Ushbu ekspeditsiya Bas Lansdorp rahbarligi ostida MarsOne xususiy loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.
Qizil sayyoraning bo‘lg‘usi mustamlakachilarida yana Yerga qaytishga na texnik imkoniyatlar, na infratuzilma mavjud bo‘ladi.
MarsOne’ning ma'lum qilishicha, Marsda sodir bo‘layotgan barcha voqealar televideniye orqali namoyish etib boriladi. 2020 yilda Marsga qo‘ndiriladigan modul yuborilib, ushbu modul tuproq ostidan suv olish texnologiyasini sinovdan o‘tkazib ko‘radi. Shuningdek, sayyora sirtidan video, tasvir va boshqa ma'lumotlarni doimiy tartibda uzatuvchi aloqa yo‘ldoshi ham uchiriladi.
Ayni paytda ushbu ekspeditsiyada ishtirok etish uchun 202 ming kishi ariza bergan. Barcha tanlovlardan o‘tgan 24 kishigina Marsga yuboriladi.