Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Merkel Gretsiyadagi inqiroz va yevroning barqarorligidan ham muhimroq muammo mavjudligini aytdi
Germaniya kansleri Angela Merkel ZDF telekanaliga bergan intervyusida mamlakat rahbariyati uchun Gretsiyadagi inqiroz va yevroning barqarorligidan ham muhimroq muammo borligini tan oldi.
“Bu muammo bizni Gretsiyadagi inqiroz va yevroning barqarorligi muammolaridan ham ancha ko‘proq tashvishlantiradi. Biz bu muammoning yechimini topishimiz kerak”, deb aytdi Merkel.
Avvalroq Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayyer Germaniyadan bolqon noqonuniy muhojirlarni tezlik bilan deportatsiya qilinishini talab qilgan edi. Germaniyaga kelayotgan muhojirlar soni 2015 yilning birinchi yarmida o‘tgan yildagidan 2 barobardan ko‘proqqa ko‘paydi.
Shtaynmayyerning ma'lumotlariga ko‘ra, ularning soni 179 ming kishiga yetdi. Ulardan 30-40 fozi G‘arbiy Bolqon hududlaridan kelmoqda.
14 avgustda migratsiya masalalari bo‘yicha yevrokomissar Dimitris Avramopulos Yevropa Ittifoqi ayni paytda Ikkinchi jahon urushidan beri eng yirik migratsion inqirozga duch kelgani aytgan edi.
Iyul oyida Yevropa Ittifoqiga kiruvchi 28 ta davlatdan 23 tasining tashqi ishlar vazirlari Gretsiya va Italiyaga kelayotgan 32 mingdan ko‘proq va yana Suriya bilan chegaradosh davlatlardan 22,5 ming, jami 54760 qochqinni qabul qilish majburiyatini o‘z zimmasiga oldi. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Germaniya, Fransiya va Ispaniya uchinchi davlatlardan kelayotgan qochqinlarning katta qismini, mos ravishda 21,91, 16,8 va 10,7 foizini qabul qiladi.