Jahon | 09:12 / 16.08.2015
2927
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyadagi bozorda portlash sodir etildi

Nigeriyaning shimoli-sharqidagi Borno shtatida kamikadze bozor yaqinida o‘zini portlatib yubordi, deb xabar beradi Reuters agentligi.
Jinoyatchi bilan birga hisoblaganda, 4 kishi halok bo‘lgan. Hujumni “Boko Harom” guruhi tashkil etgan deb taxmin qilinmoqda.
Asosiy nishon bozorga kiraverishda turgan huquq-tartibot organlari xodimlari bo‘lgani aytilmoqda. Portlash natijasida ikkita patrul mashinasi zarar ko‘rgan.
Aytilishicha, politsiyachilar shubhali tuyulgan odamni to‘xtatib uni so‘roq qilishni boshlashgan, aynan o‘sha paytda u o‘zini havoga uchirgan. Terrorchini ushlab qolib, portlash paytida yonida bo‘lgan politsiyachi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish