Jamiyat | 14:49 / 16.08.2015
3267
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik kassir o‘zi ishlaydigan bankdan 21 mln rubl o‘g‘irladi

Rossiyaning Ximki shahrida istiqomat qiluvchi ayol u bilan birga yashaydigan erkak bilan birga o‘z ishlaydigan bankdan 21 mln rubl o‘g‘irladi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.

Voqea haqida darhol tegishli idoralarga xabar berilgan. Kuzatuv kameralari qaydlarini o‘rganish natijasida jinoyatni kim sodir etgani tezda aniqlandi.
Ma'lum bo‘lishicha, jinoyatchilar muassasa yopilganidan so‘ng bino ichiga kirib, o‘g‘rilikni amalga oshirishgan.
O‘g‘rilik Sberbank filialida sodir etildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish