09:32 / 16.08.2015
2508

Seul aholisiga havo ifloslanishidan niqoblar bilan himoyalanish tavsiya qilindi

Shanba kuni Janubiy Koreya poytaxti Seul aholisi havoning me'yoridan ortiq ifloslanishi haqida ogohlantirildi. Bu haqda Ryonxap agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, havoda 2.5 mikrondan kichik mikrozarralarning havodagi konsentratsiyasi me'yoridan oshib ketishi fuqarolarning sog‘lig‘iga xavf solishi mumkin. Shaharning ayrim tumanlarida mikrozarralarning havodagi konsentratsiyasi bir metr kubda 70 mikrogrammni tashkil etmoqda. 2.5 mikrondan kichikroq zarralar havoning tuman bilan qoplangani illyuziyasini yaratadi va inson o‘pkasiga chuqur o‘rnashib qolib, bo‘g‘ilish hissini keltirib chiqarishi mumkin.
Shahar aholisiga, birinchi navbatda havo yo‘llari va yurak kasalliklariga chalinganlarga, shuningdek, bolalar va keksalarga ko‘chalarga imkon qadar chiqmaslik, chiqqanda esa burun va og‘izni niqob bilan to‘sish tavsiya qilindi.
Agentlikning eslatib o‘tishicha, shaharda bir yil ichida havo ifloslanishi bilan bog‘liq to‘rtinchi holat kuzatilmoqda.

Top