08:32 / 16.08.2015
2066

Tramp saylov kampaniyasiga 1 mlrd dollar sarflashga tayyorligini ma'lum qildi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp Ayova shtatidagi De-Moyn shahridagi yarmarkadagi nutqi davomida prezidentlik saylovi kampaniyasiga “zaruriyat tug‘ilsa” 1 mlrd dollar sarflashga tayyorligini ma'lum qildi.

“Nima farqi bor, axir men yiliga 400 mln dollar topaman”, deb aytdi Tramp.

Tramp biznesining asosini developerlik yo‘nalishi tashkil qiladi.   

Shuningdek, u o‘z nutqi davomida “butun umri davomida o‘zi nima istasa Kongressni shuni qilishga majbur qilganini”, noqonuniy muhojirlikning oldini olish uchun Meksika chegarasida devor qurish kerakligini aytdi hamda Barak Obama tomonidan amalga oshirilgan tibbiy sug‘urtalashdagi islohotlarni “falokat” deb atadi.  

Iyul oyida Tramp Federal saylov komissiyasiga o‘z aktivlari haqida hisobot topshirganda, aktivlari 10 mlrd dollarni tashkil qilishini aytgan. Bu orada turli nashrlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, tadbirkorning asl davlati ancha kamroqni tashkil qiladi. Misol uchun, Forbes uning boyligini 4,1 mlrd dollar, Weath-X portali 4,2 mlrd dollar, Bloomberg agentligi 2,9 mlrd dollar atrofida baholamoqda.

Top