16:48 / 16.08.2015
3043

Tyantszindagi portlash hududida yuzlab tonna natriy sianidi topildi

Chorshanba kuni Xitoyning shimolidagi Tyantszin shahrida sodir bo‘lgan portlash joyidan yuzlab tonna zaharli natriy sianidi moddasi topildi. Bu haqda Pekin harbiy okrugi shtab boshlig‘i Shi Lutsze axborot berdi.

“Portlash sodir bo‘lgan ikki hududdan natriy sianidi topildi. Taxminlarga ko‘ra, uning hajmi bir necha yuz tonnani tashkil qilishi mumkin”, – uning so‘zlarini keltiradi China Daily nashri.

Ta'kidlanishicha, modda solingan idishlar va konteynerlar tez orada xavfsiz joyga ko‘chiriladi.
Ilgari mahalliy matbuotda portlash sodir bo‘lgan omborxonalarda 700 tonnaga natriy sianidi saqlanib kelingani bayon qilingan edi. Axborot endi rasman tasdiqlandi.

Top