Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yakshanba kuni Moskva ko‘chalari yarim marafon tufayli yopib qo‘yiladi
Yakshanba kuni Moskva yarim marafonining o‘tkazilishi munosabati bilan shahar markazidagi ko‘chalar soat 9:00dan 14:00ga qadar yopib qo‘yiladi. Bu haqda shahar avtoinspeksiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Avtotransport uchun Lujnetskaya, Frunzenskaya, Prechistenskaya, Kremlevskaya, Raushskaya, Kosmodamianskaya, Shlyuzovaya va Sofiyskaya ko‘chalari yopiladi.
Bundan tashqari, “Mosgortrans”ning ma'lum qilishicha, yarim marafon tufayli 79, 2 va 44 raqamli trolleybuslarning, 12, 6, 64 va 132 raqamli avtobuslarning yo‘nalishlari o‘zgartiriladi.