Iqtisodiyot | 00:31 / 16.08.2015
3247
1 daqiqa o‘qiladi

“Turkmaniston havo yo‘llari” samolyoti oynadagi darzi tufayli Domodedovo aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi

“Turkmaniston havo yo‘llari” samolyoti samolyot old oynasidagi darz tufayli Domodedovo aeroportida shoshilinich qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda TASS axborot agentligi avianozirlikdagi manbaga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, yo‘lovchi samolyotida 70 nafar yo‘lovchi va 10 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan. Hech kim jabrlanmagan.     

Samolyot Sankt-Peterburg-Ashxobod yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan bo‘lgan. Uchuvchilar kabinasidagi old oynada salonda germetizatsiyani buzgan darz aniqlangan. Kema sardori yaqin oradagi Domodedovo aeroportiga qo‘nishga qaror qilgan. 

Samolyot yo‘lovchilari mehmonxonalarga joylashtirildi.

“Biz yo‘lovchilarni o‘z manzillariga yetkazish masalasini hal qilmoqdamiz. Ehtimol buning uchun boshqa samolyot yuboriladi”, deb aytdi aviakompaniya xodimasi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish