Jahon | 16:31 / 17.08.2015
2086
1 daqiqa o‘qiladi

1 sentabrda Qirg‘izistonning barcha maktablarida tayyorlov sinflari ochiladi

1 sentabrda Qirg‘izistonning barcha maktablarida tayyorlov sinflari ochiladi. Bu haqda mamlakat parlamentidagi SDPK fraksiyasi yetakchisi Chiniboy Tursunbekov bayonot berdi.
“1 sentabrda Qirg‘izistonning barcha maktablarida tayyorlov sinflari ochiladi. Bunday topshiriq ta'lim va fan vazirligiga berildi. Ushbu sinflarga 480 soat ajratib beriladi”, – dedi u Sotsial-demokratik partiyaning s'yezdida so‘zlagan nutqida.
Uning ta'kidlashicha, jahonning rivojlangan mamlakatlarida bolalar maktabda 12 yil o‘qiydi. Qirg‘iziston shu standartga yaqinlashib, 11+1 tizimiga o‘tmoqda.
“O‘tgan yili maktab bitiruvchilarining 25 foizi sinovlarda belgilangan o‘tish ballarini (110) to‘play olmadi va oliygohlarga kira olmadi. Joriy yilda bunday bitiruvchilar soni 18 foizni tashkil qildi. Demak, bir yil ichida ta'lim sifati 7 foizga oshdi”, – qo‘shimcha qildi Tursunbekov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish