Sport | 11:35 / 17.08.2015
4040
1 daqiqa o‘qiladi

Diyego Maradona: «12 yildan beri giyohvand qabul qilmayman va yana bir farzandim bo‘lishini istayman»

O‘tgan asrning mashhur futbolchisi Diyego Maradona giyohvand moddalar qabul qilishni allaqachon to‘xtatganini so‘zlab berdi.

“12 yildan oshdi yig‘ishtirib qo‘yganimga. Men kokain iste'mol qilishni to‘xtatdim. Chunki menga ertalablari uyqudan uyg‘onish juda qiyin kechardi. Biroq hozir unday emas. Men o‘z farzandlarim va jiyanlarim uchun sog‘lom hayot kechirishga qaror qildim.

Bundan tashqari, yana bir farzandli bo‘lish haqida o‘ylayapman”, deydi besh farzandning otasi bo‘lgan 54 yoshli argentinalik.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish