Jahon | 13:18 / 17.08.2015
2047
1 daqiqa o‘qiladi

YeXHT Qirg‘izistonga terrorchilikni moliyalashtirish bilan kurashida yordam beradi

Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Qirg‘izistonga jinoiy yo‘l bilan topilgan pullarni yuvish va terrorchilikni moliyalashtirish bilan kurashishda yordam beradi. Bu haqda YeXHTning Bishkekdagi markazi rahbari Jon MakGregor Jinoiy daromadlarini qonuniylashtirishga qarshi kurashish va terrorchilikni moliyalashtirish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi ekspertlari uchrashuvida aytib o‘tdi.

MakGregorning aytishicha, buning uchun Qirg‘izistonda tegishli qonun loyihalari qabul qilinishiga erishish kerak.
“Bunday xavflarga qarshi kurashish barcha manfaatdor shaxslarning say'-harakatlari birlashishini talab qiladi. Yolg‘iz holda bu bilan dunyoning birorta davlati kurasha olmaydi”, deb aytdi MakGregor.

Qirg‘izistonda YeXHTning Bishkekdagi markazi ko‘magi ostida o‘tkazilgan Yevroosiyo guruhiga a'zo davlatlar ekspertlarining uchrashuvida O‘zbekiston, Belarus, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston moliyaviy razvedka xizmati vakillari ishtirok etdilar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish