Jahon | 07:14 / 17.08.2015
2614
2 daqiqa o‘qiladi

It Korfu orolidagi qamoqxonadan mahbuslarning qochishiga to‘sqinlik qildi

It Gretsiyaning Korfu orolidagi qamoqxonadan qochib ketmoqchi bo‘lgan mahbuslarning rejalarini fosh qildi. Bu haqda Ekathimerini nashri ma'lum qildi.

15 avgust kuni ertalab axloq-tuzatish muassasasi yonidan iti bilan sayr qilib yurgan erkak iti to‘xtab, joyidan qo‘zg‘alishni istamaganida nimadir ishkalligini seza boshladi. Shunday keyin erkak yer ostidan kelayotgan shovqinni eshitib, mas'ul idoralar bilan bog‘landi. Mutassadi muassasalar qamoqxonaga politsiyachilarni yubordi.   

Huquq-tartibot muassasalari xodimlari yer ostida mahbuslar aftidan bir necha hafta davomida qazigan tunnelni aniqlashdi. Tunnel uzunligi 30 metrga yaqinni tashkil qildi. Unda batareyalarda ishlovchi ventiyatorlar va oziq-ovqat solingan plastmassa idishlar topildi. Tunnel qazilgan qamoqxonaning V qanotida uzoq muddatga yoki umrbod qamoq jazosiga tortilgan 20 dan ko‘proq jinoyatchilar saqlanishi aytilmoqda. 

1996 yilda ushbu qamoqxonada mahbuslar tomonidan uyushtirilgan tartibbuzarliklar davomida 120 dan ortiq mahbus tunnel orqali qochishga muvaffaq bo‘lgan. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish