Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Joze Mourinyu: «Bizda 2-bo‘limda muammolar bo‘lmadi, “Manchester Siti”da esa talaygina bo‘ldi”
“Chelsi” bosh murabbiyi Joze Mourinyu Angliya chempionatining 2-turida “Manchester Siti”ga bilan uchrashuvning 2-bo‘limida jamoasining o‘yiniga baho berdi. Uchrashuv 3:0 hisobida shaharliklar hisobiga hal bo‘ldi.
“Bu natija – soxta natija. 2-bo‘limda biz raqiblarimizga nisbatan ancha ustunroq ko‘rindik. Biz raqibimiz 1-bo‘limda nima qilgan bo‘lsa o‘shani qildik.
“Manchester Siti” muammolar borligini his qilgan bir paytda biz ustunlik qildik. Ular muammolarni Aguero va Sterlingni almashtirgandan keyin seza boshladilar. 2-to‘p kiritilgan paytda ular o‘yin ustidan nazoratni o‘zlariga qaytib olmoqchi bo‘layotgan edilar. Mening fikrimcha, bu nohaqlik.
Ularning darvozaboni yaxshi o‘ynadi va biz unga to‘p ura olmadik. “Siti” uzun uzatmalar bilan o‘ynadi, biroq biz ularni ham eplay oldik. Bizda 2-bo‘limda birorta ham muammo bo‘lmadi, raqibda esa talaygina bo‘ldi.
O‘yinning 10 soniyasidayoq Aguero mening himoya chizig‘imni kesib o‘ta oldi. Biz uchrashuvni juda yomon boshladik”, deb aytdi Mourinyu.