Jahon | 13:06 / 17.08.2015
2007
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada avtohalokatda 9 nafar kishi halok bo‘ldi

Meksikaning shimolida joylashgan Michoakan shtatida joylashgan Patskuaro shahri hududida avtohalokat yuz berishi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi.

Mutassadi vakillarning ma'lum qilishicha, to‘qnashuvdan keyin yuk mashinasi to‘ntarilib ketgan, undan ajralib ketgan pritsep yengil avtomobil ustiga tushgan. Ichida 9 nafar kishi, jumladan 5 bola bo‘lgan yuk mashinasi kabinasi yoqilg‘i oqib chiqqani oqibatida yonib, so‘ngra balandligi 25 metr keladigan ko‘prikdan pastga tushib ketgan.

Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar yengil avtomobil qoldiqlari ostidan og‘ir jarohat olgan ikki kishini chiqarib oldilar. Ular shifoxonaga yetkazildilar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish