08:41 / 17.08.2015
2715

Mourinyu: 3:0 – soxta hisob, “Siti” o‘yinni 9 kishi bo‘lib yakunlashi kerak edi

“Chelsi” bosh murabbiyi Joze Mourinyu APLning 2-turi doirasida “Manchester Siti”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda jamoasining mag‘lubiyatga uchrashini (3:0) sharhlab o‘tdi.

“Birinchi taymda ustunlik qilgan jamoa o‘yinda yutib chiqdi. Ikkinchi taymda esa “Chelsi” yaxshiroq bo‘ldi. Birinchi taym biz uchun og‘ir kechdi – biz ko‘p vaziyatlar yarata olmadik, darvozabonimiz esa bir qancha muhim seyvlarni amalga oshirdi”, – dedi portugaliyalik mutaxassis.

“Ikkinchi taymda vaziyat o‘zgardi, – so‘zida davom etdi u. – 70-daqiqada 0:1 hisobida o‘yin natijasi shubha ostida edi. 3:0 – soxta hisob, “Chelsi” butun ikkinchi taymni boshqardi. Bundan tashqari, “Manchester Siti” yarim himoyasida muammolar bo‘ldi. Jamoa o‘yinni 9 kishi bo‘lib yakunlashi kerak edi”.

Top