Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mourinyu: Terrining Zumaga almashtirilishi o‘zini oqladi, Kurt barchasini nazorat ostida tutdi
“Chelsi” bosh murabbiyi Joze Mourinyu APLning 2-turi doirasida “Manchester Siti”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda nima sababdan himoyachi Jon Terrini Kurt Zumaga almashtirganini tushuntirib berdi.
“Zuma bizning eng tezkor himoyachimizdir. Men “Siti” kontrhujumlarda o‘ynashini bilar edim, Zuma esa Terridan farqlanadi, uning chiqishi o‘zini oqladi, negaki Kurt barchasini nazorat ostida tutdi”, – dedi u.
“Men Terriga to‘laligicha ishonaman, – so‘zida davom etdi mutaxassis. – Mening davrimda u hech ham almashtirilmagan edi, boshqa murabbiylar esa uni maydonga chiqarishmas edi, Terrining karerasi tugadi deb hisoblashar edi. Men unga fantastik o‘yinchi va kapitan bo‘lish imkonini berdim. Va men haq bo‘lib chiqdim”.
Eslatib o‘tamiz, Mourinyu Jon Terrini 177 o‘yindan buyon birinchi marta almashtirdi.
Shuningdek, portugaliyalik mutaxassis jamoasining 3:0 hisobidagi mag‘lubiyati haqida fikr bildirdi:
“Olti ochkodan bir ochko noldan yaxshi va ikki ochkodan yomondir. Men matematikadan yaxshiman va 36 o‘yinni uchga ko‘paytirsa, necha ochko bo‘lishini bilaman. Matematik nuqtai nazardan chempionlikka erishish qiyin emas”.