10:41 / 17.08.2015
3156

OAV: bir sutka ichida kamida 8 indoneziyalik temir yo‘lda halok bo‘ldi

Indoneziyaning Yava orolidagi temir yo‘llarda sodir bo‘lgan ikki turli baxtsiz hodisa oqibatida eng kamida 8 kishi hayotdan ko‘z yumdi, ikki kishi jarohatlandi, deya xabar berdi Jakarta Globe dushanbalik gazetasi.
Sharqiy Yava provinsiyasidagi Jyember shahri yaqinida sodir bo‘lgan birinchi hodisa — Surabaya-Banyuvangi yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezd o‘tish yo‘lida yo‘lovchi avtomobili bilan to‘qnashib ketishi natijasida kamida 5 kishi halok bo‘hayotdan ko‘z yumib, ikki kishi jarohatlandi. Qattiq jarohat olgan ikki bola shifoxonaga yotqizilgan.
Voqea guvohlarining aytishicha, avtomobil haydovchisi temir yo‘l xizmati qorovulining poyezd kelayotgani haqidagi ogohlantirishiga quloq solmasdan, shlagbaum bilan jihozlanmagan o‘tish yo‘lini kesib o‘tishga harakat qilgan.
Ikkinchi fojyea esa poytaxt Jakarta yaqinidagi Bekasi shahrida ro‘y berdi. Mahalliy politsiyaning xabar berishicha, temir yo‘l izlarida o‘ynab yurgan uch bola poyezd g‘ildiraklari ostida qolib ketgan.
Yava temir yo‘llaridagi ko‘plab kesib o‘tish joylarida avtomat qurilmalarning yo‘qligi, mavjudlarining eskirgani tez-tez baxtsiz hodisalarga sabab bo‘ladi. “Birgina Jakartaning o‘zida 549ta o‘tish joyi bo‘lsa, ularning qariyb 200tasi mahalliy aholi tomonidan noqonuniy ravishda qurib olingani bois shlagbaumlar bilan qurollanmagan”, deya qayd etib o‘tadi Jakarta Globe nashri.

Top