Jahon | 16:37 / 17.08.2015
11386
2 daqiqa o‘qiladi

Olma-Otada 9 nafar o‘zbekistonlik ayol fohishalik qilayotganida qo‘lga olindi

Olma-Otaning restoranlari, mehmonxonalari, barlari va boshqa muassasalarida o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida shaharning Avezov tumanida joylashgan shu turdagi binolarning deyarli barchasi ko‘zdan kechirildi. Zakon.kz resursining xabar qilishicha, tekshiruv ishlarida migratsion politsiya xodimlari ham ishtirok etgan.
Ma'lum qilinishicha, bir soat ichida 4ta mehmonxona kompleksi tekshirilib, u yerda “nozik” xizmatlar ko‘rsatayotgan 48 kishi qo‘lga olindi. Ularning shaxsi maxsus ro‘yxatlar bo‘yicha tekshirib ko‘rilganda qizlarning 9 nafari O‘zbekiston, 3 nafari Qirg‘iziston fuqarolari ekanligi aniqlandi. Shuningdek, qirg‘izistonlik qizlardan biri migratsion qonunchilikni buzganlikda ayblanib muqaddam ma'muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lishiga qaramay, mamlakat hududini tark etmay yurgani ma'lum bo‘ldi.
Yana 9 nafar qiz jamoat joylarida aynan shunday ish bilan shug‘ullanayotgan paytda qo‘lga olingan.
Fohishalik bilan shug‘ullanish uchun xonalar ajratib bergan 3ta mehmonxona administratorlari ham ma'muriy javobgarlikka tortildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish