Jamiyat | 17:51 / 17.08.2015
4067
1 daqiqa o‘qiladi
Omsklik Sport vaziri Ferrari 458 Italia avtomashinasida samolyotdan o‘zib ketdi
Rossiyaning Omsk viloyati sport vaziri, avtopoygalar bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi Aleksandr Fadritsius «Krylya Sibiri — 2015» aviaavtofestivali chog‘ida superkarni boshqarib, tezlik bo‘yicha samolyotni ortda qoldirdi.
«Aviaprakt» yengil motorli samolyotga qarshi poygaga chiqish uchun “Avangard” xokkey jamoasi sardori Denis Kulyash o‘zining Ferrari 458 Italia rusumli avtomashinasini berib turdi.
Portal ma'lumotlariga ko‘ra, Fabritsius startda ushlanib qolganiga qaramasdan, samolyotni quvib o‘ta oldi.
Festivalda Toyota Supra va yengil motorli Cessna samolyoti o‘rtasida ham tezlik muhorabasi o‘tkazildi. Biroq avtomobil samolyotdan yarim korpus ortda qoldi.