Jamiyat | 15:57 / 17.08.2015
4187
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbek rassomlarining asarlari Italiyadagi ko‘rgazmada namoyish etilmoqda

14 avgustda Italiyaning Gubbio shahrida ochilgan san'at ko‘rgazmasida o‘zbekistonlik rassomlar o‘z ishlarini namoyish qilishmoqda. Bu haqda kultura.uz xabar bergan.

Ko‘rgazma jarayonida Akmal Nuritdinov, Erkin Jo‘rayev, Davron Toshev, Shuxrat Abdumalikov, Fayzulla Ahmadaliyev,Tohir Karimov va Anorqul Boybekov kabi o‘zbekistonlik rassomlar o‘z san'at asarlari bilan qatnashishayapti.

Rassomlarning ishlarini tomosha qilish uchun 18 mamlakatdan rassomlar tashrif buyurishib, ularga O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan tayyorlangan, o‘zbek san'atining muhim jihatlarini yoritib beradigan maxsus albom hadya etilgan.

Ko‘rgazma keyingi haftada ham o‘z ishini davom ettiradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish