15:47 / 17.08.2015
2898

Qozog‘istonda pora pullari miqdori 500 ming dollarni tashkil qildi

O‘tgan yilning 7 oyi mobaynida Qozog‘istonda 1 728 korruptsion jinoyat qayd qilindi, shulardan 552tasi poraxo‘rlik bilan bog‘langan. Shu davr ichida berilgan poraning miqdori 500 ming dollarga yetgan.
Davlat xizmati va korrupsiyaga qarshi kurash ishlari agentligining ma'lum qilishicha, pora berish hollari o‘tgan yilgidan ko‘ra ko‘proq qayd qilingan. 2014 yilning shu davrida moliyaviy politsiya 429 poraxo‘rlik faktini o‘rgangan, ulardan berilgan pullar miqdori 200 ming dollarni tashkil qilgan edi.
2015-2025 yillarda aksilkorrupsiya strategiyasi realizatsiyasi doirasida hukumat, idoralalararo va mintaqaviy tadbirlar rejalari ishlab chiqilgan.
“2015-2017 yillarga mo‘ljallangan hukumat tadbirlari rejasi ikki bo‘limdan iborat – korrupsiyaga qarshi kurash (68 tadbir) va qora bozorga qarshi kurash (71 tadbir). Rejada davlat xizmatida korrupsiyaga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan”, – deyiladi xabarnomada.

Top