18:51 / 17.08.2015
3357

RBC Capital Markets: Liviya, Iroq va Venesuela – OPeKning “bosh og‘riqlari”

Dunyoning yirik investitsion banklaridan biri — Kanadaning RBC Capital Markets banki neft eksport qiluvchi mamlakatlar uyushmasi — OPeKning 12 ishtirokchisi orasidan “og‘riq shkalasi”ni tuzib chiqdi. Bu haqda Business Insider nashri xabar berdi.

“Og‘riq shkalasi” 1dan 10gacha bo‘lgan darajada hisoblab chiqildi. Mazkur baholash chuqur iqtisodiy inqiroz xavfi va mamlakatlarning neft kotirovkalari 2015 yilgi past darajada saqlanib qolgan taqdirda amalga oshirishi mumkin bo‘lgan siyosatining kelgusidagi oqibatlarini o‘zida namoyon etadi.

Kanada banki mutaxassislarining baholashicha, eng xavfli vaziyat Liviya va Iroqqa xavf solmoqda. Ular “og‘riq shkalasi” bo‘yicha eng yuqori – 10 darajaga loyiq deb topilgan. Bu hol mintaqadagi siyosiy vaziyatning ham murakkablashuviga olib keladi.

Keyingi o‘rinda Venesuela 9 ballik natija bilan qayd etilgan. Tahlilchilarning fikricha, 2015 yil dekabrida mamlakatda vaziyatni o‘zgartirishga ta'sir ko‘rsata olmaydigan saylovlar bo‘lib o‘tadi. Shu bois ham neft narxi oshmasa, ushbu davlat ham katta iqtisodiy inqirozga tayyor turishiga to‘g‘ri keladi.

Bu kabi murakkab vaziyat Nigeriyani ham chetlab o‘tmagan. Mamlakat prezidenti Mohammad Buxoriy ikki asosiy muammoga qarshi turishi lozim: “Boko Xaram jangarilari va chuqur ildiz otgan poraxo‘rlik.

Jazoirning 78 yoshli prezidenti Abdel Aziz Buteflik salomatligining yomon ekani siyosiy elita, ayniqsa unga yaqin bo‘lgan generallar o‘rtasida ichki qarama-qarshiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

“Og‘riq shkalasi”ning navbatdagi pog‘onasida 10 darajaning 7tasini jamladan Jazoir egallagan.

2 balldan to‘plagan Kuvayt, Qatar va BAA RBC Capital Markets tahlilchilari tomonidan OPeKning eng barqaror a'zolari sifatida qayd etilgan.

Top